OCHL. Hafta raqamlari

Xayrulla Xoliqov
3 sen 2018, 12:39
Xabaringiz bor, 27, 28, 29 avgust kunlari Osiyo chempionlar ligasida chorak final dastlabki uchrashuvlar o'tkazildi.

Shundan so'ng OFK veb-sayti OCHLga bag'ishlangan hafta raqamlarini e'lon qildi.

- "Al Sadd"ning yangi futbolchisi Gabi eng ko'p to'p uzatishni amalga oshirdi: 48ta.
- "Kashima Antlers" hujumchisi Leo Silva raqib darvozasi tomon 3ta aniq zarba yo'llab bitta gol urdi.
- "Istiqlol" - "Al Sadd" uchrashuvini ko'rish uchun Tehrondagi "Ozodi" stadioniga 78116 tomoshabin tashrif buyurdi.
- "Suvon Samsung" hujumchisi Deyan Damyanovich OCHLdagi gollarini 34taga etkazib oldi.
- Qatarning "Al Duhayl" klubi bu yilgi musobaqada 9ta g'alabaga erishdi.
- "Al Sadd" hujumchisi Bagdad Bunedjah 11ta gol bilan to'purarlar poygasini boshqarmoqda.
- "Kashima Antlers" Xitoyning "Tianjin" klubi bilan kechgan bahsda 15 marta burchak to'pini amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, chorak finalning birinchi o'yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi.

27 avgust. "Istiqlol" - "Al Sadd" 1:3
28 avgust. "Al Duhayl" - "Persepolis" 1:0
28 avgust. "Kashima Antlers" - "Tianjin Kuanjin" 2:0
29 avgust. "Chonbuk Xyunday" - "Suvon Samsung" 0:3

Javob uchrashuvlari 17, 18, 19 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia