OCHL. Ertaga 3-tur bahslariga start beriladi

Xayrulla Xoliqov
7 apr 2019, 21:26
Ertaga Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich 3-turi boshlanadi.

Musobaqa taqvimiga ko'ra, G'arb mintaqasida 8 aprel kuni to'rtta va 9 aprel kuni ham to'rtta o'yin bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan "Paxtakor" va "Lokomotiv" 3-tur uchrashuvini 9 aprelda o'tkazadi. 

"Paxtakor" o'z maydonida Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qilsa, "Lokomotiv" Saudiya Arabistonida "Al Ittihod" mehmoni bo'ladi. "D" guruhida ishtirok etayotgan "Paxtakor" ikkita o'yindan so'ng 4 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. "Lokomotiv" joy olgan "B" guruhida esa juda qiziq vaziyat yuzaga kelgan. Barcha to'rt jamoa hisobida 3 ochkodan bor. 

OCHL. G'arb mintaqasi. 3-tur uchrashuvlari 

"A" guruhi. 8 aprel

20:40. "Al Vasl" - "Zobahan"

22:15. "Al Nasr" - "Al Zavra"


"B" guruhi. 9 aprel

20:45. "Al Rayan" - "Al Vahda"

22:45. "Al Ittihod" - "Lokomotiv"


"C" guruhi. 8 aprel

20:30. "Al Duhayl" - "Al Ayn"

22:00. "Istiqlol" - "Al Hilol"


"D" guruhi. 9 aprel

19:00. "Paxtakor" - "Al Sadd" 

20:30. "Persepolis" - "Al Ahli"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia