OCHL. "Bunyodkor" ertaga oq libosda o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
27 yanv 2020
Ertaga, 28 yanvar kuni OCHL saralashi uchinchi bosqichi doirasida "Bunyodkor" jamoasi BAAda "Al Ayn" mehmoni bo'ladi.

Bugun "Al Ayn" – "Bunyodkor" uchrashuvi oldidan har ikkala jamoa rasmiylari ishtirokida o'yinoldi mitingi o'tkazildi. Unda bir qator tashkiliy masalalar ko'rildi. Xususan, ertangi bahsda jamoalar qaysi rangdagi liboslarda maydonga tushishi ham ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, "Bunyodkor" futbolchilari ertaga to'liq oq rangdagi futbolkalarda harakat qilsa, mezbonlar to'liq siyohrang liboslarda maydonga tushadi.


Eslatib o'tamiz, "Hazza bin Zayed" stadionida o'tadigan ertangi bahs Toshkent vaqti bilan 19:40da start oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати