OCHL. Bugun Sharq mintaqasida 1/8 final o'yinlari start oladi

Xayrulla Xoliqov
18 iyun 2019, 13:19
Bugun bo'lib o'tadigan ikkita uchrashuv bilan Sharq mintaqasida OCHL 1/8 final bahslariga start beriladi.

Bugun Yaponiyaning ikkita klubi o'zaro bahs olib boradi. "Kashima Antlers" o'z maydonida "Sanfrechche Xirosima"ni qabul qiladi. Shuningdek, Xitoyda ham derbi bo'lib o'tadi. "Guangju Evergranjd" o'z uyida "Shandong Luneng"ga qarshi to'p tepadi. 

Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan "Shanxay SIPG" ertaga "Chonbuk Motors"ga qarshi maydonga tushadi. Bu o'yin bizning vaqt bilan 17:00da start oladi. 

1/8 final. Dastlabki uchrashuvlar 

18 iyun. 15:00. "Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya)

18 iyun. 17:00. "Guangju Evergrand" (Xitoy) - "Shandong Luneng" (Xitoy)


19 iyun. 15:30. "Urava Reds" (Yaponiya) - "Ulsan Xyunday" (J.Koreya)

19 iyun. 17:00. "Shanxay SIPG" (Xitoy) - "Chonbuk Motors" (J.Koreya) 

Javob bellashuvlari 25-26 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, G'arb mintaqasida 1/8 final bahslari avgust oyiga belgilangan. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia