

Bu jamoalar uchun ushbu mavsumdagi chempionlar ligasi javob o'yini hisoblanadi. Uch kun oldin o'tkazilgan birinchi o'yinda "Sharja" 4:1 hisobida g'alaba qozongandi. Bugungi bahsda "Paxtakor" nominal mezbon hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, o'yinlar markazlashgan holda BAAda o'tkazilmoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi va "Uzreport TV" orqali namoyish etiladi. Ma'lumot uchun, "Sharja" tarkibida hamyurtimiz Otabek Shukurov ham to'p tepadi.



