OCHL-2022/2023. Sharq mintaqasi guruh bosqichiga qur'a tashlandi

Tolibjon Qosimov
17 yanv 2022, 12:26
OFK 2022/2023 yilgi mavsum Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimini o'tkazdi.

Avvalroq, G'arb mintaqasi qur'a tashlash jarayonini onlayn tarzda e'tiboringizga havola qilgan edik.

OCHL-2022/2023. Guruh bosqichiga qur'a tashlandi

G'arb ketidan OFK Sharq mintaqasi guruh bosqichiga ham qur'a tashladi.

"F" guruhi

"Shandong Taishan" (Xitoy)

"Urava Red Daymonds" (Yaponiya)

"Lion Siti Saylors" (Singapur)

Pley off 4 g'olibi (J.Koreya/Tailand)


"G" guruhi

"Pathum Yunayted" (Tailand)

"Jonnam Dregons" (Janubiy Koreya)

"Yunayted Siti" (Filippin)

"Melburn Siti" (Avstraliya)


"H" guruhi

"Jonbuk Motors" (Janubiy Koreya)

"Yokogama Marinos" (Yaponiya)

"Hoang An Gia Lay" (Vetnam)

Pley off 1 g'olibi (Xitoy/Avstraliya/Filippin)


"I" guruhi

"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)

"Guanchjou" (Xitoy)

"Johor Darul Tazim" (Malayziya)

Pley off 3 g'olibi (J.Koreya/Tailand)


"J" guruhi

"Shanxay Port" (Xitoy)

"Chiangray Yunayted" (Tailand)

"Kitchi" (Gonkong)

Pley off 2 g'olibi (Yaponiya/Avstraliya/Myanma)


Sharq mintaqasidagi guruh bosqichi o'yinlari 15 aprel - 1 may kunlari markazlashgan holda bo'lib o'tadi. Nimchorak, chorak, yarim final uchrashuvlari esa shu yilning avgust oyida tashkillashtiriladi. Final 2023 yil fevral oyida o'tkaziladi.


Sharq mintaqasi

Guruh bosqichi: 15 aprel - 1 may, 2022 yil

Nimchorak final: 18 va 19 avgust, 2022 yil

Chorak final: 22 avgust, 2022 yil

Yarim final: 25 avgust, 2022 yil

Final: 19 va 26 fevral 2023 yil


OCHL-2022/2023 finalining dastlabki o'yini G'arb mintaqasi vakili maydonida, javob bahsi esa Sharq mintaqasi vakili maydonida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia