

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ana shu uchrashuv oldidan bo'lib o'tgan rasmiy mashg'ulotni a'lo kayfiyatda o'tkazishdi. Unda G'olib G'aybullaevdan tashqari barcha o'yinchilar to'liq ishtirok etishdi. Murabbiylar turli quvnoq o'yinlardan foydalanishdi va o'zlari ham mashqlarda qatnashishdi. "Ajdarlar"ning bugungi mashg'uloti juda quvnoq tarzda o'tdi, futbolchilarning kayfiyati a'lo va ular ertangi bahsga tayyor.
"Nasaf"ning "Al Vihdat" bilan o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA



