OCHL-2021. "Viettel" – “Ulsan Xyonde” bahsi taqdirini yagona gol hal etdi. Abdumo'minov esa to'liq o'ynadi

Eldor Akmurzayev
26 iyun 2021, 20:54
OCHL-2021 sharq mintaqasidagi “F” guruhida 1-turdan o'rin olgan "Viettel" – “Ulsan Xyonde” bahsi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 90+1 daqiqada avstriyalik hujumchi Lukas Xinterzeer urdi va “Ulsan”ga uch ochkoni keltirdi.

Vetnamliklar safida Jahongir Abdumo'minov bahsni asosiy tarkibda boshladi va o'yinni to'liq o'tkazdi.

Mazkur kvartetdan o'rin olgan boshqa bir o'yinda Patum Yunayted (Tailand) 4:1 hisobida Kaya (Filippin)ni taslim etdi.

"Viettel" (Vetnam) – “Ulsan Xyonde” (J.Koreya) 0:1 (0:0, 0:1)

19:00, “Leo Stedium”

Gol: 1:0 - Xinterzeer 90

"Viettel": Chan, T.Buy, B.Nguen, D.Buy, T.Truong, Duong, Abdumo'minov, D.Nguen, A.Truong, D.Nguen, Kayke

“Ulsan Xyonde”: Cho Xyon, Xon, Bultxyoys, Kim Ki Xi, Kim Txe Xvan, Kim Sonjun, Ko Myon Jin, Kim In Son, Yun Bit Garam, Kim Min Chon, Kim Chi Xyon

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia