OCHL-2018. Qur'a 6 dekabr kuni bo'ladi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2017
2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi guruh bosqichiga 6 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida.

6 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00da (Toshkentda 11:00 bo'ladi) OFK kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

Malayziya vaqti bilan soat 16:30da (Toshkentda 13:30 bo'ladi) Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash jarayoni boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning faqat bitta klubi 2018 yilgi OCHLni guruh bosqichidan boshlaydi. Yana ikki klub musobaqaga pley-offdan qo'shiladi. 


Mamlakat chempioni "Lokomotiv" klubi guruh bosqichiga yo'llanma olib bo'ldi. Pley-offning bitta yo'llanmasi Qarshining "Nasaf" klubiga nasib etdi. Ikkinchi yo'llanma esa "Bunyodkor" yoki "Paxtakor" klubiga nasib qiladi. Barchasiga 4 dekabr kungi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi oydinlik kiritib beradi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia