OCHL-2018. "Paxtakor"ning raqibiga Sanjar Tursunovning sobiq ustozi bosh murabbiy bo'ldi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2018, 14:20
OCHL-2018 pley-off bosqichida "Paxtakor" klubiga raqib bo'ladigan Qatarning "Al Garafa" klubida murabbiy o'zgardi.

Shu kunga qadar bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan fransiyalik Jan Fernandes o'rniga turkiyalik Bulent Uygun tayinlandi.

1971 yilda tug'ilgan murabbiy futbolchilik davrida Turkiya terma jamoasi safida 18ta o'yin o'tkazib 7ta gol urgan.

Uygun murabbiylik faoliyatini 2005 yil boshlagan. Bugunga qadar Turkiyada "Sivasspor", "Bukaspor", "Eskishaharspor", "Elazigspor" va "Gaziantepspor" klublarida ishlagan. 2013-2016 yillarda u Qatarda "Umm Salal" klubini boshqargandi. O'shanda o'zbekistonlik Sanjar Tursunov "Umm Salal" safida o'ynar edi.

Eslatib o'tamiz, "Al Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvi 30 yanvar kuni bo'lib o'tadi va unda g'olib bo'lgan klub OCHL-2018 guruh bosqichiga yo'l oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia