OCHL-2018. “Nasaf” – “Persepolis”. O'yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

Narzulla Saydullayev
31 mar 2018
2 aprel dushanba kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionda, “Nasaf” hamda Eronning “Persepolis” klublari o'rtasida OCHL-2018 guruh bosqichining 5-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvdan bir kun avval, yani ertaga yakshanba kuni o'yinoldi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

“Persepolis” vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani soat 12:00da boshlanadi. Unda jamoa bosh murabbiyi va jamoaning bir nafar futbolchisi ishtirok etishadi.  

"Nasaf" ustozi va bir nafar futbolchi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 12:30da boshlanadi.

O'yinoldi matbuot anjumanlari “Markaziy” stadionning anjumanlar zalida bo'lib o'tadi.

Shu kuni har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi yig'ilish (miting) soat 13:30da boshlanadi. Yig'ilish ham “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Unda bir qator tashkiliy masalalar qatori, bo'lajak uchrashuvda jamoalarning qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi.

“Nasaf”ning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti ertaga  soat 18:30da boshlanadi.

“Persepolis” jamoasining o'yinoldi rasmiy mashg'uloti esa soat 19:30da boshlanadi. O'yinoldi rasmiy mashg'ulotlari ham  “Markaziy” stadionda o'tkaziladi.

Jurnalistlarga rasmiy mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasini kuzatish imkoniyati beriladi.

O'yinoldi matbuot anjumanlarida va jamoalarning rasmiy mashg'ulotlarida klub tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz