OCHL-2018. "Nasaf" guruh bosqichiga chiqsa, Xavi O'zbekistonga keladi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017, 15:07
2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qarshining "Nasaf" klubi agar pley-offda "Al Faysali" to'sig'idan o'ta olsa "C" guruhidan joy oladi.

Ushbu guruhda Eronning "Persepolis", Qatarning "Al Sadd" va BAAning "Al Vasl" klublari bor.

Agar "ajdarlar" pley-offdan muvaffaqiyatli o'ta olishsa 5 mart kuni Qarshiga ispaniyalik superyulduz Xavi o'ynayotgan "Al Sadd" klubi keladi.

"C" guruhi taqvimi
13 fevral
"Persepolis" - "Nasaf" yoki "Al Faysali"

20 fevral
"Nasaf" yoki "Al Faysali" - "Al Vasl"

5 mart
"Nasaf" yoki "Al Faysali" - "Al Sadd"

13 mart
"Al Sadd" - "Nasaf" yoki "Al Faysali"

2 aprel
"Nasaf" yoki "Al Faysali" - "Persepolis"

16 aprel
"Al Vasl" - "Nasaf" yoki "Al Faysali"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia