OCHL-2018. "Lokomotiv" guruh bosqichini o'z uyida boshlab, o'z uyida tugatadi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017, 14:45
2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi "Lokomotiv" klubi "B" guruhidan joy oldi.

"Temiryo'lchilar" Qatarning "Al Duhail" va BAAning "Al Vahda" klubiga qarshi bahs olib borishlari aniq. Guruhning so'nggi ishtirokchisi pley-offdan so'ng ma'lum bo'ladi. Bu yoki Eronning "Zob Ohan" yoki Hindistonning "Aizavl" klubi bo'ladi.

"Lokomotiv" guruh bosqichini o'z maydonida "Al Vahda"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi va so'nggi turni ham o'z uyida pley-off g'olibiga qarshi o'tkazadi.

"Lokomotiv"ning guruhdagi taqvimi:

12 fevral
"Lokomotiv" - "Al Vahda"

19 fevral
"Zob Ohan" yoki "Aizavl" - "Lokomotiv"

6 mart
"Al Duhail" - "Lokomotiv"

12 mart
"Lokomotiv" - "Al Duhail"

3 aprel
"Al Vahda" - "Lokomotiv"

17 aprel
"Lokomotiv" - "Zob Ohan" yoki "Aizavl"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia