OCHL-2018: “Lokomotiv” – “Al Vahda” bahsini yaponiyalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2018, 22:54
12 fevral sanasidan Osiyo Chempionlar Ligasining yangi mavsumi guruh bosqichiga start beriladi.

“B” guruhi dastlabki turi doirasida O'zbekiston chempioni – “Lokomotiv” BAAning “Al Vahda” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuvni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam – Tojo Minoru. Unga qanotlarda hamyurtlari – Ochi Shinji hamda Takagi Takumi yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini esa turkmanistonlik Chorimurot Qurbonov bajaradi. Hakamlar nazoratchisi – eronlik Enayat Masud . O'yinga komissar sifatida Gong konglik Chan Ka Chung tayinlandi.


OCHL-2018. “B” guruhi. 1-tur
12 fevral. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
“Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Al Vahda” (BAA)
Bosh hakam:  
Tojo Minoru (Yaponiya)
Qanot hakamlari:  Ochi Shinji hamda Takagi Takumi (Yaponiya)
To'rtinchi hakam:  Chorimurot Qurbonov (Turkmaniston)
Hakamlar nazoratchisi:  Inoyat Masud (Eron)
Uchrashuv komissari:  Chan Ka Chung (Gong Kong)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz