OCHL-2018: Ertaga “Lokomotiv” – “Zob Ahan" o'yinoldi rasmiy tadbirlar xususida

Mirjalol Normatov
15 apr 2018, 15:51
17 aprel kuni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi qita Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi so'nggi tur o'yinini o'tkazadi. Unda jamoamizga Eronning “Zob Ahan” klubi raqiblik qiladi.

Ertaga, 16 aprel kuni mazkur o'yin oldidan bir qator rasmiy tadbirlar o'tkaziladi. Jumladan, soat 12:00da “Lokomotiv” stadionida har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tadi. Unda jamoalar o'yinni qanday libosda o'tkazishlari aniqlab olinadi. So'ngra, soat 13:00da “Zob Ahan” jamoasi ustozi Amir G'alenoi va isfahonliklarning yetakchi o'yinchilaridan biri ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Soat 13:20dan boshlab esa Andrey Miklyaev va “temiryo'lchilar”ning bir nafar a'zosi jurnalistlarning o'yinoldi savollariga javob qaytarishadi.

Soat 17:45dan boshlab “Lokomotiv” futbolchilari rasmiy mashg'ulot o'tkazishadi. “Zob Ahan”ning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti esa soat 19:00da boshlanadi. Mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz