

“Temiryo'lchilar”ga guruhda BAAning “Al Ahli”, Saudiyaning “Al Taavon” jamoalari raqiblik qilishi ma'lum bo'lgandi.
Bugun Osiyoning bir qator shaharlarida guruh bosqichiga yo'l olish uchun saralash o'yinlari o'tkaziladi. Ulardan birida Eronning “Istiqlol” hamda Qatarning “Al Sadd”jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Mazkur qarama-qarshilikda ustun kelgan jamoa esa “A” guruhidan o'rin egallaydi.
Ma'lumot uchun, Qatarning "Al Sadd" klubi safida mashhur ispaniyalik futbolchi Xavi to'p tepadi.




