OCHL-2017. "Lokomotiv" o'z uyida g'alabani qo'ldan chiqardi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2017, 17:50
OCHL-2017 guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinning 13-daqiqasida Jaloliddin Masharipovning ajoyib pasidan so'ng Bikmaev o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borib darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 1:0. Birinchi taymda boshqa gol bo'lmadi.


O'yin tugashiga 3 daqiqa qolganida himoyadagi xatodan so'ng Kaveh Rizoi hisobni tenglashtirdi - 1:1.


"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Eron) 1:1
11 aprel 2017. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar
: Adham Muhammad Tumah, Ahmad Moannas, Issa Mahmud, Muhammad Hasan Mahmud (barchasi Iordaniya)
Komissar: Bordalo Maykl Jon (Guam)
Nazoratchi: Salim Said bin Hazim Al Suvaydiy (BAA)

MATNLI TRANSLYATSIYA

Gollar: Marat Bikmaev 13, - 1:0. Kaveh Rizoi 87, - 1:1

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo'ldoshev (37.Sherzod Fayziev, 79), 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev,  20.Islom To'xtaxo'jaev, 33.Oleg Zoteev, 42.Muhammad Kone, 77.Diyorjon Turopov (29.Quvondiq Ro'ziev, 64), 99.Jaloliddin Masharipov (7.Nore Krizo, 86)
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 22.Murodbek Bobojonov, 18.Timur Kapadze.

"Istiqlol": 1.Mahdi Rahmati, 3.Robson Januario, 6.Omid Ibrohimi, 9.Kaveh Rizoi, 14.Farshid Bageri, 17.Ali Gorbani (77.Benham Barzay, 82), 18.Milad Zakipurkinji, 21.Vorya G'ofuri (2.Xusro Xaydari, 63), 28.Said Karimi (11.Jobir Ansari, 57), 88.Farshid Ismoili, 90.Leandro Padovani.

Zaxira: 15.Xrayr Mkoyan, 22.Sayid Hussayni, 24.Omid Ibrohimi, 33.Sayid Hussayni.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia