OCHL–2017. “Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvini Janubiy koreyalik hakamlar boshqaradi

Tolibjon Qosimov
10 mar 2017, 10:27
Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “A” guruhi 3-turidan o'rin olgan “Istiqlol” (Eron, Tehron) – “Lokomotiv” (O'zbekiston) o'yiniga rasmiylar tayinlandi.

Uchrashuv bosh hakami etib Janubiy koreyalik Kim Jong Xyok tayinlandi. Unga qanotlarda Yuk Kvang-yol va Kim Yung-xa yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi livanlik Ali Redaga yuklatildi.

Malayziyalik Muhammad Sayfiddin bin Abu Bakr uchrashuv komissari sifatida ishlaydi. Iordaniyalik Umar Musa Halaf Abu Lum hakamlar nazoratchisi bo'ladi.

“Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvi 13 mart, dushanba Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, “A” guruhidan o'rin olgan barcha jamoalar 3 ochkoga ega. To'plar nisbati bo'yicha “Istiqlol” 1-o'rinda bormoqda. “Temiryo'lchilar” esa 2-pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com