OCHL-2017. Dastlabki turda qaysi mamlakat klublari qancha ochko olishdi?

Narzulla Saydullayev
23 fev 2017, 14:15
Kuni kecha Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

 Har bir mamlakat klublari ilk turda nechi ochko olgani haqida ma'lumot to'pladik.

Afsuski O'zbekistoning ikki klubi ham musobaqani Saudiya Arabistonida mag'lubiyatlar bilan boshlashdi. "Lokomotiv" "Al Taavon"ga 0:1 hisobida, "Bunyodkor" esa "Al Ahli"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

G'arb mintaqasida Saudiya Arabistoni klublari (4 jamoa) eng ko'p ochko to'plashdi - 7. Ikki jamoasi bilan ishtirok etayotgan Qatar esa yuz foizli natija qayd etdi - 6 ochko.

Bizning mintaqada faqat O'zbekiston klublarigina g'alaba qozona olishmadi xolos. Boshqa davlat klublari kamida bir marta zafar quchishdi.



G'ARB MINTAQASI

Saudiya Arabistoni - "Al Taavon" (g'alaba), "Al Fateh" (mag'lubiyat), "Al Ahli" (g'alaba), "Al Hilol" (durang) = 7 ochko

Qatar - "Lahviya" (g'alaba), "Ar Rayyan" (g'alaba) = 6 ochko

Eron - "Istiqlol Tehron" (mag'lubiyat), "Istiqlol Xuziston" (g'alaba), "Persepolis" (durang), "Zob Ahan" (durang) = 5

BAA - "Al Ahli" (g'alaba), "Al Jazira" (mag'lubiyat), "Al Ayn" (durang), "Al Vahda" (mag'lubiyat) = 4 ochko

O'zbekiston - "Lokomotiv" (O'zbekiston), "Bunyodkor" (O'zbekiston) = 0 ochko



Sharq mintaqasida 6 mamlakat klublari ishtirok etishmoqda. Qizig'i dastlabki turda faqat Yaponiya va Xitoy klublari g'alabaga erishishdi xolos. Yaponiyaning to'rt klubi jami 10 ochko olgan bo'lsa, Xitoyning uchala klubi ham raqiblarini mag'lub etdi. E'tiborlisi boshqa klublar Xitoy jamoalari darvozasiga gol ham ura olishmadi.

To'rt klubi bilan musobaqada qatnashayotgan Janubiy Koreya, Osiyoga qo'shilib olgan Avstraliya va bir klubga ega Tailand mamlakatlari ilk turni bir ochko bilan yakunlashdi. Bir klubi bilan OCHLda ishtirok etayotgan Gongkong O'zbekiston singari dastlabki turni 0 ochko bilan tugatishga majbur bo'ldi.



SHARQ MINTAQASI

Yaponiya
- "Kashima Antlers" (g'alaba), "Urava Red Daymonds" (g'alaba), "Kavasaki Frontale" (durang), "Gamba Osaka" (g'alaba) = 10 ochko

Xitoy - "Shanxay SIPG" (g'alaba), "Guanchjou Evergrand" (g'alaba), "Jiangsu Suning" (g'alaba) = 9 ochko

Avstraliya - "Brisben Roar" (durang), "Vestern Sidney Uonderers" (mag'lubiyat), "Adelaida Yunayted" (mag'lubiyat) - 1 ochko

Tailand - "Muangtong Yunayted" - 1 ochko

Janubiy Koreya - "Ulsan Xyunday" (mag'lubiyat), "Seul" (mag'lubiyat), "Suvon Samsung" (durang), "Jeju Yunayted" (mag'lubiyat) = 1 ochko

Gongkong - "Istern" (mag'lubiyat) = 0 ochko

Narzulla Saydullaev tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia