OCHL–2017. “Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvini avstraliyalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2017, 10:56
Osiyo futbol konfederatsiyasi OCHL–2017 musobaqasi “S” guruhi 2-turidan o'rin olgan Toshkentning “Bunyodkor” hamda BAAning “Al-Ayn” jamoalari o'rasidagi uchrashuvga rasmiylarni tayinladi.

Uchrashuv bosh hakami etib avstraliyalik Jarred Jillett tayinlandi. Unga qanotlarda avstraliyalik Eshli Bicham va bahraynlik  Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi Umar Ibrohim Hasan Mahfudga yuklatildi.

Uchrashuv komissari sifatida maldivlik Abdul G'afur Abdul Hamid ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Ismoil Safiri (Eron).

“Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvi 28 fevral kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com