

Xitoylik FIFA referisi Fu Ming bosh hakam vazifasida ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Veyming Xuo va Uang Deksin assistentlik qiladi. Hindistonlik Sanjay Kumar uchrashuv komissari bo'lib ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi vazifasi livanlik Ali Redaga yuklatirdi.
“Bunyodkor” va “Al-Ahli” o'rtasidagi o'yin 24 aprel, dushanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 19:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, “S” guruhi 4-turidan keyin “Al-Ahli” 8 ochko bilan guruh peshqadami bo'lib turibdi. “Bunyodkor” o'tkazilgan 4 o'yinda birorta ochko jamg'arish uddasidan chiqa olmadi.



