

"H" guruhida Avstraliyaning "Sidney" klubi o'z maydonida musobaqaning amaldagi g'olibi Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubini qabul qildi. Uchrashuvda maydon egalari o'z tarkibida Paulino, Rikardo Goulart va Jekson Martinez kabi yulduzlarni jamlagan klubni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi o'yinda "Poxang Stilers" "Urava Red Daymonds"ni 1:0 hisobida taslim qildi.
"Sidney" - "Guanchjou Evergrand" 2:1
Gollar: Stambolziev 17, Dimitrievich 88 - Xuang Boven 25.
Amalga oshirilmagan penalti: Rikardo Goulart 22
"Poxang Stilers" - "Urava Red Daymonds" 1:0
Gol: Son Jun Xo 20 penalti
Chetlatish: Son Jun Xo 69 ("Poxang Stilers")

"G" kvartetida esa Sven Yoran Eriksson boshchiligidagi "Shanxay Ist Eysha" klubi Janubiy Koreyaning "Suvon" klubini 2:1 hisobida taslim qildi.
"Gamba Osaka" o'z uyida "Melburn Viktor" bilan murosa ko'chasini tanladi - 1:1.
"Gamba Osaka" - "Melburn Viktori" 1:1
Gollar: YA.Endo 57 - S.Kurata 3 avtogol
"Shanxay Ist Eysha" - "Suvon Blyuingz" 2:1
Gollar: Elkeson 32, Vu Lei 52 - Jang Xyun Su 72




