OCHL-2016. G'arb mintaqasida ishtirok etuvchi barcha klublar ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2015, 12:40
Osiyo qitasining klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi bo'lgan Osiyo chempionlar ligasining yangi mavsumi 27 yanvar kuni start oladi.

Albatta dastlab pley-off o'yinlari o'tkaziladi. Guruh bosqichi 23 fevral kuni boshlanadi.

Keyingi yil ham O'zbekistondan musobaqada 4ta klub qatnashadi. "Bunyodkor" pley-offdan kurashga qo'shilsa "Nasaf", "Lokomotiv" va "Paxtakor" guruh bosqichida o'ynaydi.

Pley-offda jami 15ta klub ishtirok etadi. Ularning 4tasi guruh bosqichiga yo'l oladi. Saralash bahslarida "Bunyodkor"ning qatnashishi haqida aytib o'tdik. Pley-offda Azizbek Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" va Sardor Rashidov o'ynayotgan "Al Jayish" klublari ham ishtirok etadi. "Al Sadd" safida Xavi o'ynayotganini ham zukko o'quvchilarimiz juda yaxshi bilishadi.



Birinchi saralash bosqichida o'ynaydigan klublar:
Quvayt - "Quvayt SK", "Al Vihdat"
Ummon - "Al Oruba"
Bahrayn - "Al Muharraq"
Livan - "Al Ahad"
Suriya - "Al Jayish"
 
Ikkinchi saralash bosqichida o'ynaydigan klublar:
BAA - "Al Shabab"
Qatar - "Al Sadd", "Al Jayish"
Iroq - "Naft Al Vasat", "Al Quva Al Javiya"

Uchinchi saralash bosqichida o'ynaydigan klublar:
Saudiya Arabistoni - "Al Ittihod"
Eron - "Naft tehron"
O'zbekiston - "Bunyodkor"
BAA - "Al Jazira"


Guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olgan 12ta klub nomi ma'lum bo'lib ulgurgan:
Saudiya Arabistoni - "Al Nasr", "Al Hilol", "Al Ahli"
Eron - "Sepaxon", "Zob Ohan", "Traktorsozi"
O'zbekiston - "Paxtakor", "Nasaf", "Lokomotiv"
BAA - "Al Ayn", "Al Nasr"
Qatar - "Lahviya"


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia