OFK Chempionlar ligasi uchun o'rinlar taqsimotini amalga oshirgach, “Lokomotiv” va “Nasaf”ning bahslarni “pley-off” bosqichidan davom ettirishlari ma'lum bo'ldi. G'arbiy mintaqada 11 jamoa 2 yo'llanma uchun kurash olib boradi. Xo'sh, klublarimiz qaysi jamoalarga qarshi bellashuvlarda maydonga tushib, guruh bosqichi yo'llanmasi sari kurashishadi? OCHLda saralash bellashuvlari qanday kechishi to'g'risida batafsil ma'lumot berib o'tishga harakat qilamiz.
Dastlab yuz bergan bazi o'zgarishlar to'g'risida ma'lumot bersak. OFK g'arbiy mintaqaga 11, sharqqa esa 8 jamoani saralash bahslari uchun joylashtirdi. Hindiston vakili sharqqa ko'chib o'tdi, Quvaytdan esa ikki jamoa “pley-off”da ishtirok etadi. Chunki o'tgan mavsumda OFK Kubogi finalida shu mamlakat klublari to'qnash kelishgandi. Lekin Quvaytning alohida yarimta o'rni uchun boshqa jamoaga imkoniyat taqdim etilmadi. Bahrayn va Hindiston sharafini chempion klublar himoya qilmaydi. Chunki har ikki davlatda licenziyalash jarayonidan o'ta olmagan chempionlarning o'rnini keyingi o'rinlarni egallagan jamoalar to'ldirishdi. Bahrayndan “Busaytin” o'rniga “Al Hidd”, Hindistondan “Cherchill Brazers” o'rniga “Puna” qatnashadi.
Har ikki mintaqada saralash bahslari uch bosqichdan iborat bo'ladi. Avval klublarimiz o'ynaydigan g'arb tarafdagi vaziyatga oydinlik kiritsak. Birinchi guruhga Ummon, Bahrayn, BAA, Qatar va O'zbekistonning bir vakili joylashtirilgan. OFK rasmiy hujjatida o'zbek klubi ikkinchi raqam bilan ifodalangan. Bu esa “Nasaf” bo'lishini OFK rasmiylari tasdiqlashdi. Uchrashuvlar qayerda bo'lib o'tishi jadvalda belgilab qo'yilgan. OFK kriteriylari asosida yuqoriroq ballar to'plagan mamlakat jamoalari o'z maydonida to'p tepadi. Shunda “Nasaf” qatnashadigan guruhda ilk bosqichda Ummon chempioni “Al Suvayq” Bahraynning uchinchi jamoasiga aylangan “Al Hidd”ni qabul qiladi. Mazkur juftlik g'olibi saralash bahslarining ikkinchi bosqichiga yo'l oladi. Keyingi raundda BAA chempionatida o'tgan mavsumda to'rtinchi pog'onadan joy olgan “Baniyas” yuqoridagi juftlik g'olibini o'z maydonida sinovdan o'tkazadi. Qarshiliklar esa Qatar chempionatida o'tgan yili bronza medallariga ega chiqqan, bu yil yanada yuqori natijalarni ko'zlayotgan “Al Jaish” klubi mehmoni bo'ladi. Shu bilan ikkinchi bosqich tugaydi. Oxirgi raundda esa ikkinchi bosqich g'oliblari o'zaro “Baniyas” va “”Al Suvayq” yoki “Al Hidd” jamoalari maydonida to'qnash kelishadi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari guruh bosqichiga chiqish uchun kamida mehmondagi ikki o'yinda zafar quchishlari kerak bo'ladi. Har ikki bellashuv fevral oyi o'rtasida bo'ladi. Demak, mavsumga tayyorgarlik jarayonini “Nasaf” boshqalardan vaqtliroq boshlaydi. Darvoqe, ushbu guruhda Qatar klubining imkoniyati yuqoriroq baholanmoqda. Ushbu jamoa hozircha milliy ligada mag'lubiyasiz odimini davom ettirib, peshqadamlik qilyapti. Lekin barcha masala maydonda qanday o'yin namoyish etishga bog'liq.
1-bosqich, 2 fevral
1. “Al Suvayq” (Ummon) - “Al Hidd” (Bahrayn)
2-bosqich, 8 fevral
2. “Baniyas” (BAA) - 1-bosqich g'olibi
3. "Al Jaish" (Qatar) - "Nasaf" (O'zbekiston)
3-bosqich, 15 fevral
2-juftlik g'olibi - 3-juftlik g'olibi
“Lokomotiv” esa “Nasaf”dan farqli ravishda ikkinchi bosqich bahsini o'z maydonida o'tkazish imkoniyatiga ega. “Temiryo'lchilar” joylashgan guruhdan Iordaniya, Quvayt, Iroq va Qatar klublari ham o'rin olishgan. Birinchi bosqichda Iordaniya chempioni “Shabab Ordun” o'z uyida OFK Kubogi finalchisi “Al Qodisiya”ni, Quvayt chempioni va OFK Kubogi sohibi “Quvayt” SK esa Iroq chempioni “Shorta”ni qabul qiladi. Hakim Fuzaylov shogirdlari 8 fevral kuni Toshkentda ikkinchi juftlik g'olibini qabul qilishlari kutilmoqda. Bu jamoa yo “Quvayt”, yo “Shorta” bo'ladi. Birinchi juftlik g'olibi esa Qatar vice-chempioni “Lahviya” maydoniga safar uyushtiradi. Nihoyat, hal qiluvchi bellashuvda 15 fevral kuni “Lahviya”, “Shabab Ordun” yoki “Al Qodisiya”dan biri o'z maydonida o'ynaydi. “Lokomotiv” uchinchi raundga chiqqan taqdirda aynan “Lahviya” bilan o'ynash imkoniyati katta. Biroq bu futbol va unda oldindan aniq aytib bo'lmaydi.
1-bosqich, 2 fevral
1. “Shabob Ordun” (Iordaniya) - "Al Qodisiya" (Quvayt)
2. "Quvayt" SK (Quvayt) - “Al Shorta” (Iroq)
2-bosqich, 8 fevral
3. “Lahviya” (Qatar) - 1-juftlik g'olibi
4. "Lokomotiv" (O'zbekiston) - 2-juftlik g'olibi
3-bosqich, 15 fevral
3-juftlik g'olibi - 4-juftlik g'olibi
OFK belgilab bergan hujjatda barchasi shunday ko'rsatilgan. Saralash bahslari uchun qur'a tashlanmasligi haqida ma'lumotga egamiz. Yani, qur'a faqatgina guruh bosqichi uchun tashlanadi. Shu tariqa g'arbiy mintaqadagi saralash bellashuvlari bo'lib o'tadi. Unda klublarimiz munosib qatnashadi degan umiddamiz.
OFK Kubogi guruh bahslari fevral oyining o'rtalarida start olishi ma'lum qilingandi. Lekin OCHL saralash bahslari cho'zilib ketishi inobatga olinib, OFK Kubogi kechroq boshlanadigan bo'ldi. Sharqiy tarafda bir guruhda 4tadan jamoa bor. Har bir bahsdan keyin yutgan jamoa navbatdagi bosqichda keyingi raqibga qarshi o'ynayveradi. Faqat Xitoydan qaysi jamoaning saralash bahslarida o'ynashi endi hal etiladi. Shuningdek, Tailand klublari masalasida aniq javob olmadik. To'g'rirog'i, o'zimiz o'ynaydigan mintaqa to'g'risida rasmiy ma'lumotga ega bo'ldik xolos.
1-bosqich, 2 fevral
“Tampines Rovers” (Singapur) – “Saut Chayna” (Gonkong)
2-bosqich, 8 fevral
“Buriram Yunayted” (Tailand) - 1-bosqich g'olibi
3-bosqich, 15 fevral
“Pekin Goan” yoki “Guiju Reje” - 2-bosqich g'olibi
Ikkinchi guruhdan esa quyidagi juftliklar o'rin egallagan:
1-bosqich, 2 fevral
“Puna” (Hindiston) – “Xanoy” (Vetnam)
2-bosqich, 8 fevral
“Muangtong Yunayted” (Tailand) - 1-bosqich g'olibi
3-bosqich, 15 fevral
“Melburn Viktori” (Avstraliya) – 2-bosqich g'olibi
Endi biz qur'a tashlash marosini kutib qolamiz. Chunki barchasi rasman tasdiqlanib, “Bunyodkor”ga kimlar raqib bo'lishi, shuningdek, saralash bosqichidan o'tgan jamoalarning qaysi guruhga tushishi mumkinligini aniqlab olamiz.
Behzod NAZAROV.