OCHL-2013. Ertaga chorak finalning dastlabki o'yinlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2013, 21:43
Ertaga Osiyo chempionlar ligasida chorak finalning dastlabki o'yinlari bo'lib o'tadi.

Qitamizning eng kuchli 8 klubi sovrin uchun kurashni davom ettirishadi. Yaponiyada "Kashiva Reysol" Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klubini qabul qiladi. Marchello Lippi boshchiligidagi "Guanjou Evergrand" Qatarning "Lahviya" klubi bilan Xitoyda bellashadi. "Bunyodkor"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Buriram Yunayted" safarda Eronning "Istiqlol" klubi bilan kuch sinashadi. Saudiya Arabistonining yana bir klubi "Al Ahli" "Seul" bilan o'ynaydi.  Quyida ertangi o'yinlarning boshlanishini Toshkent vaqti bilan keltiramiz:  

15:00 - "Kashiva Reysol" (Yaponiya) - "Al Shabab" (Saudiya Arabistoni)
17:00 - "Guanjou Evergrand" (Xitoy) - "Lahviya" (Qatar)
20:30 - "Istiqlol" (Eron) - "Buriram Yunayted" (Tailand)
23:00 - "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Seul" (Janubiy Koreya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia