OCHL 2-turi oldidan "Lokomotiv" tarkibida jiddiy yo'qotish

Tolibjon Qosimov
17 fev 2018, 13:17
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” jamoasi 12 fevral kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1-tur o'yinlari doirasida BAAning “Al Vahda” klubini qabul qildi.

Uchrashuvda “temiryo'lchilar” jamoasi raqibni 5ta to'p farqi bilan mag'lub etdi. Ushbu debyut o'yinda “Lokomotiv” safida ilk golini kiritishga muvaffaq bo'lgan braziliyalik futbolchi Nivaldo Rodriges Ferreyra o'yinning 36-daqiqasida jarohat sabab maydonni tark etishga majbur bo'lgandi.

O'tkazilgan tibbiy ko'rik shuni ko'rsatdiki, mahoratli futbolchining chap oyoq pay qismi cho'zilgan. “Lokomotiv” PFK bosh shifokori Abror Pirrievning takidlashicha, Nivaldo yaqin ikki hafta ichida maydonga tusha olmaydi. Davolanish jarayoni ko'nildagidek ketsa, Nivaldo “Lokomotiv”ning OCHL-2018 3-turi doirasida kechadigan “Al Duhail”ga qarshi o'yinigacha maydonga tushishga tayyor bo'ladi. Shu sababli ham 29 yoshli futbolchi “Zob Ahan” bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lokomotiv.uz