OCHL. 1-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2020, 14:23
O'tgan hafta qitamizda Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.

Yakuniga etgan tur natijalariga ko'ra “Vissel Kobe” hujumchisi Keyjero Ogava turning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Musobaqaning “G” guruhidan o'rin olgan “Vissel Kobe” va “Johor Darul Tazim” jamoalari o'rtasidagi bahs mezbonlarning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangan edi (5:1). Uchrashuvda maydon egalari hujumchisi Keyjero xet-trik qayd etdi.

Aytish mumkin-ki, Ogavaning raqib darvozasiga yo'llagan 3ta zarbasining barchasi golga aylangan va uning uzatgan paslar aniqligi 83 foizga etgandi.

Eslatib o'tamiz, nomzodlar orasida uning jamoadoshi Andres Inesta va “Al-Hilol” futlbolchisi Andre Karrilo ham bor edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com