"Obod": Yoshlarimizda birinchi mag'lubiyat

Aslanov Jasurbek
19 mar 2017, 15:49
Yoshlar birinchiligining 3-turida "Buxoro" mehmoni bo'lgan jamoamiz kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

Vyacheslav Tigay murabbiyligidagi yoshlarimiz uchrashuvni yomon o'tkazmagan bo'lsa-da, birinchi bo'lim oxirida o'tkazib yuborilgan birgina gol sababli mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bu mag'lubiyat yoshlarimiz uchun mavsumdagi birinchisi bo'ldi. 

YOSHLAR BIRINCHILIGI - 2017

BUXORO - OBOD – 1:0 (1:0)

17 mart. Buxoro. 246 tomoshabin.

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov (Qarshi) – 8,2. 

Qanot hakamlari: Bobur Qodirov – 8,3. A.G'iyosov – 7,3.

Zaxiradagi hakam: SH.Rahmatov - 8.

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov (Samarqand).

"Obod": Azamat Ahmedov, Mirshohid Olimov, Islom Ismoilov, Abbos Po'latov, Farhod Mahamadjonov, Jahongir Omonov, Doniyor Yoqubjonov, Dilmurod Jo'raboev, Daniel Nasriddinov, Ismoil Jasurxo'ja, Idris Bikmaykin.

Gol: A. To'raev, 45+1 - 1:0.

Ogohlantirishlar: A. To'raev (23), R. Yangiev (73), I. Xoliqov (76) – Doniyor Yoqubjonov (37).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcobod.uz