Obod futbol maktabi tanlov e'lon qiladi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2016
Obod futbol klubi kelgusida taniqli futbolchi bo'lish, o'zbek futboli dovrug'ini yanada ko'tarish istagida bo'lgan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida o'z futbol maktabiga tanlov e'lon qiladi.

Shu maqsadda klub joriy yil 12 sentyabrdan 18 sentyabrga qadar soat 17:00dan boshlab, bo'lajak futbolchilar uchun tanlov e'lon qiladi. Unda 2003-2010 yillarda tug'ilgan bolalar va o'smirlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun bolaning sog'ligi to'g'risidagi ma'lumotnoma (086-U shaklda), tug'ilganlik haqida guvohnoma (metrka), ota-onasi nomidan ariza, 3x4 o'lchamdagi fotosurat hamda jismoniy tayyorgarlikdan o'tish uchun sport formasi bo'lishi shart. Tanlov Obod futbol klubining sun'iy qoplamali maydonida o'tkaziladi. Farzandingiz maktabimizda OFKning S licenziyasiga ega malakali murabbiylar qo'l ostida futbol sir-asrorlarini o'zlashtiradi.

Manzil: Obod futbol klubi sun'iy qoplamali maydoni.

Mo'ljal: metroning Mashinasozlar bekati hamda Temiryo'lchilar shifoxonasi.

10, 28, 44, 72-avtobuslarning Temiryo'lchilar shifoxonasi, 1, 30, 96-avtobuslarning Tashselmash zavodi bekati.

Murojaat uchun telefonlar:
+99893 554-02-20 (Jahongir)
+99890-322-10-33 (Ilhom)
+99897 343-00-73 (Xayrulla)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia