Obod FK muxlislari safiga qo'shiling!

Narzulla Saydullayev
5 apr 2016, 15:03
“Obod” futbol klubi ham asta-sekin professionalizm sari odimlamoqda.

Bunga misol tariqasida jamoada muxlislar klubi, yani fan-klub tashkil etilayotganligini aytish mumkin. Agar siz sevimli jamoangizni uy va safar uchrashuvlarida stadionda turib qo'llab-quvvatlash istagida bo'lsangiz, “Obod” jamoasi muxlislar klubiga a'zo bo'ling. Buning uchun sizdan ko'p narsa talab qilinmaydi: pasport (yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnoma-metrka) nusxasi hamda ikki dona 3x4 o'lchamdagi fotosurat taqdim etsangiz kifoya. Natijada butun mavsum davomida sevimli jamoangizni uy va safar uchrashuvlarida qo'llab-quvvatlash imkoniga ega bo'lasiz. “Obod” PFK fan-klubiga a'zo bo'lish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

+ 99893 231-03-04 (Bahodir aka)
+ 99893 687-53-78 (Toxir)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcobod.uz