Oblak: "Miyam chayqalgani uchun "Atletik" bilan o'yindagi hech narsa esimda yo'q"

Sherzod Nurmatov
22 okt 2022, 12:50
"Atletik" bilan Primeraning 9-tur uchrashuvini jarohati tufayli yakunlay olmagan "Atletiko" darvozaboni Yan Oblak shikastlanishdan keyingi holati haqida gapirdi.

"Miyam chayqalgani uchun "Atletik" bilan o'yindagi hech narsa esimda yo'q. Biroq endilikda asta-sekin tiklanib boryapman", – dedi Oblak.

Darvozabon raqibi bilan to'qnashib ketdi, shundan so'ng sloveniyalikka tibbiy yordam kerak bo'ldi va birozdan keyin u bahsni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi. 69-daqiqada Oblak o'rniga Ivo Grbich maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal