Oblak: "Ko'plab insonlarning bizga ishonmaganiga aminman"

Alisher
8 dek 2021
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak "Portu" (3:1)ga qarshi Chempionlar Ligasi doirasidagi g'alabada Madrid jamoasining nimalarga qodir ekanligini qayd etdi.

"Bu ajoyib kecha bo'ldi. Men g'alabadan, jamoadan va muxlislardan mamnunman.

Ko'plab insonlarning bizga ishonmaganiga aminman, ammo aynan shunday o'yinlarda biz qanday jamoa ekanligimizni va nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsataman", - deydi Oblak.

Eslatib o'tamiz, o'yinda Grizmann (56), Anxel Korrea (90) va de Paul (90+2)ning gollariga 90+6 daqiqada penaltidan Oliveyra javob qaytardi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com