Oblak: "Barchasi rejamiz asosida ketmayapti"

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 18:51
"Atletiko" posboni Yan Oblak LaLiga 21-turi doirasida "Leganes" bilan o'ynalgan nursiz durangdan keyingi fikrlarini bildirdi.

"3 ochko olmaganimizdan va barchasi bizning rejalarimiz asosida kechmayotganligidan xafa bo'ldik.

Kamtarroq bo'lib, barcha natijalarni to'g'rilash uchun jamoaviy tarzda ishlash kerak. Biz bundan-da yaxshiroq natijalar qayd eta olishimizni va kuchli jamoa ekanligimizni bilamiz.

Biroq shunday davrdamizki, barchasi ham rejamiz asosida o'tmayapti. Bizda vaziyatlar bo'lmoqda, biroq to'p darvozaga kirishni istamayapti. Chin dildan ishlashni davom ettirish kerak", - dedi Oblak.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca