Obameyyang: "Bir kun kelib Ronalduning muvaffaqiyatlarini qaytarishim mumkin"

Aslanov Jasurbek
22 dek 2015, 17:12
Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang Germaniya chempionatining birinchi davrasidagi muvaffaqiyatlari bilan cheklanib qolmoqchi emas.

"Jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo'lganimda ko'nglim to'q bo'lar edi. Ronaldu hayratomus iqtidorga ega, ammo muvaffaqiyatlarga erishish uchun u ko'p mehnat qilgan. Agar men ham ter to'kib ishlasam ushbu natijalarni qaytarishim mumkin" - deydi hujumchi.

Gabonlik futbolchi Bundesliganing 17 uchrashuvida 18ta gol muallifiga aylandi va to'rtta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker