Obameyang transferi "Arsenal"ning harakatlari sabab barbod bo'lishi mumkin

Tolibjon Qosimov
25 yanv 2018, 21:57
"Borussiya" (Dordmund) forvardi Per-Emerik Obameyangning "Arsenal"ga o'tishi barbod bo'lishi mumkin.

"Kicker" nashrining tasdiqlashicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. "Borussiya" "Arsenal" har bir taklifni juda uzoq o'ylayotganidan norozi.

Dordmundliklar Obameyang transferidan 70 million evro ishlab olishmoqchi. "Arsenal" 45 mln + bonuslar sifatida 5 million evro taklif qilmoqchi. Lekin, bu taklif rad etildi.

"Borussiya"dagi manbalarning so'zlariga ko'ra, "Arsenal"ning yangi taklifi oldingisidan birozgina yaxshiroq xolos. Bu esa nemislar rahbariyatining noroziligiga saba bo'ldi. Agar muzokaralar shu tariqa davom etsa, u barbod bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kicker.de