Obameyang safarda gol urish bo'yicha klub rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2017, 01:36
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Bundesligada jamoasi tarkibida safarda gol urish bo'yicha rekordni takrorladi.

Germaniya chempionatining “Gerta” (1:2)ga qarshi bahsda gabonlik hujumchi joriy mavsumda safarda 12-uchrashuvda raqib darvozabonini ranjitdi.

Shu tariqa Obameyang dortmundliklar tarkibida 2009/10 yilgi mavsumda safar uchrashuvlarida xuddi shuncha gol urgan Lukas Barrios o'rnatgan rekordni takrorladi.

Joriy mavsum yakuniga qadar “Borussiya” chempionatda yana to'rtta safar uchrashuvini o'tkazadi. Afrikalik hujumchi esa yana gol urib, bu borada mutlaq rekordchiga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com