Obameyang qishda jamoasini o'zgartirishga yaqin bo'lgan

Mirjalol Normatov
2 avg 2020
Qishki transferlar oynasi vaqtida "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang "Chelsi"ga o'tishi mumkin edi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, 31 yoshli gabonlik "aristokratlar" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelisha olmagan. U so'ragan maosh "Chelsi" uchun kattalik qilgan, yani, Obameyang "Chelsi"dagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchi bo'lishni istagan ekan. "Chelsi" bunga rad javobini bergan.

Kecha Angliya Kubogi finalida Obameyang "Chelsi" darvozasiga ikki gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail