Obameyang Fransiya, Germaniya, Angliya va Ispaniya chempionatida xet-trik qilgan ilk futbolchiga aylandi

Omonjon To`xtamirzayev
21 fev 2022, 13:18
"Barselona" hujumchisi Ispaniya chempionati 25-turi doirasida "Valensiya"ga qarshi bahsda (4:1) 3 ta gol urdi.

Bu futbolchi uchun "Arsenal"dan katalon klubiga kelgach, dastlabki gollari bo'ldi.

Shunday qilib, gabonlik forvard XXI asrda birinchi bo'lib, Liga 1, Bundesliga, Premer-liga va La Ligada xet-trik qila olgan ilk futbolchiga aylandi.

Fransiyada "Milan" tarbiyalanuvchisi "Dijon", "Lill", "Monako" va "Sent-Eten", Germaniyada – Dortmundning "Borussiya"si safida, Angliya esa "Arsenal" tarkibida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru