
Yurgen Klopp shogirdlari etti turdan so'ng etti ochko bilan turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turishibdi.
"Albatta, jamoaning mavsumdagi startidan ko'nglimiz to'lmadi. Iloji boricha vaziyatni o'nglab, turnir jadvalida teparoqqa ko'tarilishimiz kerak. Maydonda bir butun bo'lib o'ynashga harakat qilishimiz va hujum va himoyani bir muvozanatda ushlashimiz kerak. Jarohatlangan futbolchilarga keladigan bo'lsak, bizga faqatgina Roys emas, balki Mxitaryan, Blashikovskiy, Shaxin va Gyundoganlar yetishmayapti. Lekin Roysning yo'qligi ochiq-oydin bilinib turibdi" - deydi futbolchi.