OAV vakillari uchun hakamlik bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2024
Bugun, 28 fevral kuni O'FA majlislar zalida O'zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mavsumoldi seminari o'tkaziladi.

Ushbu seminarda o'tgan mavsum yakunlari, o'yin qoidalaridagi yangiliklar, hakamlik hamda yangi mavsum rejalari mavzulari ilgari surildi.

Ushbu yig'ilishdan asosiy maqsad - barcha futboldagi media vakillarini uchrashuvlardagi bahsli vaziyatlarni to'g'ri rakursdan bir xil talqin qilishga chorlash edi. Qizg'in bahslarga boy o'tgan seminarda qatnashchilar ishtirokida videotestlar ishlandi va ularning natijasi o'zaro muhokama qilindi. Yig'ilish so'ngida Markaz rahbari Laziz Rixsiboevich jurnalist va sharhlovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia