

"Biz to'rt yildan buyon Yarmolenkoning o'yinlarini kuzatib kelamiz. Bu futbolchi yuqori darajadagi o'yinchi hisoblanadi. Yevropa ligasida "Everton"ni tor-mor keltirilishida ham uning hissasi katta bo'lgandi. Andrey endigina 25 yoshga to'ldi. U mavsum davomida 18 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Shuningdek, uning Ukraina terma jamoasi safida o'tkazgan o'yinlari 48 taga etgan", - deydi "Nyukasl" klubining sobiq skauti Pol Montgomeri.



