"Nyukasl" Xeydenni ko'ndirmoqchi

24 iyun 2020, 22:30
"Nyukasl Yunayted" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Isaak Xeydenni hamkorlikni davom ettirish uchun ko'ndirishga harakat qilib ko'radi, deb xabar qildi Chronicle Live.

Takidlanishicha, ingliz klubi mutasaddilari 25 yoshli o'yinchining o'yinidan mamnun va kelajakda unga ishonishadi. Isaak joriy mavsum 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golga hammualliflik qildi. U "Nyukasl" tarkibiga 2016 yilda "Xall Siti"dan kelib qo'shilgandi.

Avvalroq jamoa hujumchisi Endi Keroll bilan shartnoma yangilanishi to'g'risida ham ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Chronicle Live