"Nyukasl" Vlaxovichning transferi uchun 80 mln evro ajratadi

Alisher
24 noya 2021, 13:00
"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

21 yoshli futbolchining xizmatlariga "Nyukasl" qiziqmoqda. Yangi rahbarlarga ega bo'lgan Angliya klubi Dushanning xaridi uchun 80 mln evro ajratishga tayyor.

Klub forvardni "Yuventus"ga o'tib ketmasligini xohlamoqda. Oldinroq OAVda o'yinchining Turin klubi bilan dastlabki kelishuvga erishgani aytilgan edi.

Vlaxovich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia