"Nyukasl" "Vest Xem" o'yinchisi Bouenga qiziqmoqda

Alisher
9 apr 2022, 11:01
"Vest Xem" forvardi Jarrod Bouen faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

25 yoshli angliyalik futbolchi uchun "Nyukasl" da'vogarlik qilmoqda. O'yinchiga shuningdek "Liverpul" ham befarq emas.

Bouen joriy mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 11ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 35 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 90min