“Nyukasl” Tonali uchun “Milan”ga 50 million evro taklif qildi

Alisher
21 iyun 2023, 08:37
“Milan” yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

The Athletic xabariga ko'ra, “Nyukasl” italiyalik futbolchining transferi uchun milanliklar klubiga taxminan 50 million evro taklif qilgan. Qayd etilishicha, futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirmoqda. 

Sandro Tonalli o'tgan mavsumda “Milan” safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com