"Nyukasl" "Sautgempton" sardori bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Alisher
28 okt 2021, 17:38
"Nyukasl" "Sautgempton" yarim himoyachisi Jeyms Uord-Prouzga qiziqmoqda.

"Nyukasl" 26 yoshli jamoa sardori bilan qishki transfer oynasida shartnoma imzolashni xohlamoqda.

"Sautgemton" angliyalik futbolchini 40 million funtga baholamoqda.

Uord-Prouz - "Sautgempton" tarbiyalanuvchisi, u 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Insider