"Nyukasl" Santosni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 dek 2022, 16:24
"Vasko da Gama" yarim himoyachisi Andrey Santos "Nyukasl"ga o'tishi mumkin.

Kelishuv yanvar oyida amalga oshishi ehtimoli yuqori. "Hakkalar"ga faqat "Barselona" raqobat ko'rsatgan bo'lardi, biroq kataloniyaliklarning og'ir moliyaviy ahvoli ushbu transferni amalga oshirishga imkon bermasa kerak. 

18 yoshli braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum 36 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. 

Avvalroq "Nyukasl" AQSH terma jamoasi futbolchisi tarkibini kuchaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun