"Nyukasl" portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Neveshga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2023, 17:10
Angliyaning "Nyukasl" klubi "Vulverxempton" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Ruben Neveshni tarkibida ko'rishni istaydi.

Manbaga ko'ra, Nevesh Premer-liga vakilining nishonlari ro'yxatiga kiritilgan. Jamoa bosh murabbiyi Eddi Xau futbolchining holatini kuzatib bormoqda. Hozircha klub va futbolchi o'rtasida aloqa o'rnatilmagan. Qayd etilishicha, "bo'rilar" bilan Neveshning shartnomasi yana 1,5 yil amal qiladi. Biroq yarim himoyachi uni uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Oxirgi marta Ruben Nevesh bilan xuddi shunday maqsadda "Barselona" va "Arsenal" aloqaga chiqqan. Joriy mavsumda Angliya chempionatida 17 ta o'yinda maydonga tushgan portugaliyalik o'yinchi 4 bor o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail