"Nyukasl" murabbiyi: "Biz o'zimizga ishonamiz va har qanday chaqiriqqa tayyormiz"

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022, 10:20
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoasining APLda kuchli to'rtlikka kirish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

"Hammasi o'z qo'limizda. Meni oldindan barchasiga shay ekanligimiz quvontiryapti. Jamoa turli uslublarda o'ynashga tayyor va men faqat sxemani nazarda tutganim yo'q. Mavsumning ikkinchi qismi qiyinroq o'tishiga shubham yo'q, lekin bu normal holat. Biz o'zimizga ishonamiz va bu qiyinchilikni o'z zimmamizga olishga tayyormiz", – dedi Xau.

Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" APL musobaqa jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi va bugun safarda "Lester"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian