"Nyukasl" "Lacio" darvozaboni Strakosha bilan iyulda tekinga shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
26 mar 2022, 13:31
"Nyukasl" "Lacio" darvozaboni Tomas Strakoshaga qiziqmoqda.

Angliya klubi 2022 yilning iyun oyi so'nggida shartnomasi yakunlanadigan 27 yoshli albaniyalik futbolchi bo'yicha ma'lumot so'radi.

Strakosha 2021/22 yilgi mavsum "Lacio" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 10ta "quruq" bahs o'tkazdi.

Transfermarkt darvozabonni 7 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira